Atletiko bosh murabbiyi Diego Simeone jamoaning hujumchisi Xulian Alvares bilan bog'liq vaziyat haqida fikr bildirdi.

«Vaziyat juda aniq. Klub qaror qabul qildi, bu haqda Mikel Anxel [klubning bosh direktori] juda yaxshi tushuntirdi. Biz Xulian bilan juda mamnunmiz. Sport jihatidan biz unga rivojlanishda va takomillashishda yordam beramiz, shunda u bizga yana foyda keltira oladi. U biz uchun juda ko'p ish qildi», - deb aytgan Simeone Marca nashriga.

«Bizda bunday vaziyatlar bo'lgan. Grizmann bilan nima bo'lganini ko'rdik», - qo'shimcha qildi murabbiy.

Ma'lumki, Alvaresga «Barselona» va boshqa bir qator klublar qiziqish bildirgan, ammo madridlik klub o'yinchini sotishga niyat qilmayapti.