Napadachi Viniyus Junyor «Real»da qolishi mumkin, shartnomani uzaytirishga tayyor. The Athletic nashrida e'lon qilingan yangi materialda, braziliyalik futbolchining Madrid klubiga bo'lgan talablarini muzokaralar jarayonida kamaytirishga tayyorligi aytilmoqda.
Muammo futbolchining shartnomani uzaytirish uchun bonus so'rashi bilan bog'liq. «Real» bu bonusni to'lashga tayyor emas, chunki bu qadam boshqa futbolchilar orasida zanjir reaktsiyasini keltirib chiqarishi mumkinligidan xavotirda.
«Real» uchun Viniyus Junyor 375 ta rasmiy o'yinda qatnashib, 128 ta gol urdi va 100 ta golga assist berdi.
