Madriddagi Real hujumchisi Viniyisius Junyor o'z kelajagini belgilab oldi.
Braziliyalik futbolchi agentlariga Real klubida qolishni xohlayotganini ma'lum qildi. Cope ma'lumotlariga ko'ra, 26 yoshli futbolchining xabari shunday bo'lgan: “Hammasini iloji boricha tezroq hal qilishingiz kerak – men qolishni xohlayman.” Yulduz futbolchi Londondagi Arsenalning qiziqishi haqida tarqalgan mish-mishlarga qaramay, muhitni o'zgartirish niyatida emas.
Real va Viniyisius hali yangi shartnoma bo'yicha moliyaviy shartlarni kelishib olmagan: hujumchi “suvli” klub taklif qilayotganidan 10 million evro ko'proq maosh olishni xohlaydi, shuningdek, bonus to'lovlari va imidj huquqlari bo'yicha kelishmovchiliklar mavjud. Hozirgi shartnoma kelasi yilning o'rtalarida tugaydi.
