«Barselona»ning bosh murabbiyi Hans-Diter Flik «Betis»ning qanot o'yinchisi Abde Ezzalzuli o'yinini yuqori baholadi.
Diario SPORT nashrining xabar berishicha, nemis mutaxassisi 24 yoshli marokashlik o'yinchining o'yinidan uzoq vaqt davomida hayratda qolmoqda. Ma'lum bo'lishicha, oldingi transfer oynalarida «Barselona» Abde'ni qaytarish imkoniyatini o'rganib ko'rgan.
Avvalroq «Barselona» Ispaniyaning La Liga musobaqasining to'qqizinchi turida «Betis»ni 5:2 hisobida mag'lub etdi. Ushbu uchrashuvda sevilyaliklar safida Abde ikki gol urdi.
Shuni ta'kidlash joizki, Abde 2021 yildan 2023 yilgacha «Barselona»da o'ynagan va keyinchalik 7,5 million evro evaziga «Betis»ga o'tgan.
