Madriddagi Realning yangi o'yinchisi Denzel Dyumfris o'z jamoasidagi birinchi uchrashuvini o'tkazdi.

30 yoshli o'ng qanot himoyachisi Fiorentinaga qarshi o'tkazilgan do'stlik uchrashuvida (2:2) norasmiy debyutini amalga oshirdi. Niderlandiyalik o'yinchi asosiy tarkibda qanot himoyachisi sifatida maydonga tushdi va 75-daqiqada almashdi.

“Men turli pozitsiyalarda o'ynashga odatlanganman, shuning uchun bu men uchun normal holat. Bizda juda sifatli jamoa bor, kelgusi o'yinlarni sabrsizlik bilan kutyapmiz,” – deydi Dyumfris Madrid Universal’ga bergan intervyusida.

Denzel Dyumfris yozning boshida milanlik Interdan Realga 20 million yevro evaziga o'tdi.