Madriddagi Realning bosh murabbiyi Joze Mourinyo «Fiorentina»ga qarshi o‘tkazilgan do‘stlik o‘yinidan (2:2) so‘ng jurnalistlar bilan suhbatlashdi.
«Real» 24-daqiqada Endrik va Aleksis Siriyaning gollari evaziga 2:0 hisobida oldinga chiqdi, ammo Seriya A jamoasi o‘zini tiklashga muvaffaq bo‘ldi.
«Menga hamma narsa yoqdi. Men «Real»ning uch xil qiyofasini ko‘rdim: birinchisi – yangi, ikkinchisi – charchagan, uchinchisi – juda charchagan. Oxirgi variant ham menga yoqdi.
O‘yin oldidan bolalarga aytganimdek, «Real» har doim «Real», do‘stlik yoki mashg‘ulot o‘yini bo‘ladimi», – deya Mourinyo fikrlarini keltirmoqda Madrid Universal.
Portugaliyalik mutaxassis iyun oyining boshida o‘z lavozimiga qaytgan – u klubga 13 yildan so‘ng qaytdi.
