19 yoshli himoyachi Xavi Espartrni qaysi summaga klub o'zlashtirishi mumkinligi ma'lum bo'ldi.

TEAMtalk ma'lumotlariga ko'ra, «Liverpul» va «Arsenal» Espartrga jiddiy qiziqish bildirmoqda, lekin «Barselona» uni sotmoqchi emas. Biroq, futbolchining mehnat shartnomasida tovon puli 100 million evro atrofida belgilangan.

Joriy mavsumda Xavi Espartr barcha musobaqalarda sakkiz o'yinda qatnashdi, ikki gol urdi va ikkita golli uzatma berdi.

Himoyachining «Barselona» bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2030 yilning o'rtalarigacha davom etadi.