Yarim himoyachi Frenki de Yong jiddiy tizzasidan jarohat oldi. «Barselona» avvalroq golland futbolchisi haqida bog'lanma yirtilishi haqida xabar bergandi. Kataloniyaliklar de Yongning qachon qaytishi haqida hech narsa ma'lum qilmagan.
AS ma'lumotlariga ko'ra, de Yongni tiklanishi uchun besh yoki olti oy kerak bo'ladi. Bu esa, ehtimol, Frenki futbol maydoniga 2027 yilda qaytishini anglatadi.
Umuman olganda, Frenki de Yong «Barselona» safida 297 ta rasmiy o'yin o'tkazdi, unda 20 ta gol urdi va 31 ta golga assist berdi.
«Barselona» hozirda Ispaniya chempioni hisoblanadi.




