«Barselona» o'zining rasmiy saytida yarim himoyachi Frenki de Yong haqida tahlil natijalarini e'lon qildi. 29 yoshli niderlandiyalik futbolchida o'ng tizzasining ichki yon bog'lanishining yirtilishi aniqlangan.

«Barselona» batafsil ma'lumot bermagan, shuningdek, de Yongning tiklanish muddatlari haqida ham ma'lumot yo'q. «Ko'k-qizillar» tiklanish jarayonining dinamikasiga qarab muddatlar o'zgarishi mumkinligini ta'kidlaydi. Frenki davolanishni shifokorlar nazorati ostida davom ettiradi.

Oldinroq matbuotda Frenki de Yong «Barselonani» tark etishi mumkinligi haqida ma'lumotlar paydo bo'lgan edi, bu esa jamoaning bosh murabbiyi Hans-Diter Flik bilan munosabatlaridagi muammolar bilan bog'liq.