«Barselona»ning qanot o'yinchisi Lamin Yamal «Zolotoy myach» uchun ovoz berishda uchinchi o'rinni egalladi. Ushbu nufuzli mukofotni «Bavariya» hujumchisi Garrik Keyn qo'lga kiritdi.
Mukofot taqdirlashidan bir necha hafta oldin Yamal «Zolotoy myach»ni qo'lga kiritish uchun Londondagi nufuzli restoranlardan birini bron qilishni o'ylagan edi. Xavfsizlik xodimlari hatto Lamin uchun mos joylarni qidirishgan. Biroq, futbolchi bunday rejalaridan voz kechdi.
Bu qisman Yamal o'z g'alabasiga ishonmaganligi bilan bog'liq, deb yozadi ispaniyalik nashr Sport.
Oldinroq xabar berilganidek, Lamin Yamal «Zolotoy myach» mukofotlari kechasi qiz do'sti bilan mehmonxonada kechki ovqat yegan va uxlab qolgan.
