Avvalgi «Kremoneze» hujumchisi Djeymi Vardi Ispaniyada karerasini davom ettirishi mumkin.
Ekrem Konur ma'lumotlariga ko'ra, 39 yoshli forvardni «Sevilya» sotib olishga qiziqmoqda. Shuningdek, futbolchiga «Sheffield Uensdey» va u o'zining karerasining katta qismini o'tkazgan «Lester» ham e'tibor qaratmoqda.
Djeymi Vardi bu yozda «Kremoneze»dan erkin agent sifatida ketdi. U «Lester»da 2012 yildan 2025 yilgacha o'ynadi. 2025/26 yilgi mavsumda ingliz futbolchisi italiyalik klubda barcha musobaqalarda 29 ta o'yin o'tkazib, 7 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma berdi. 2027 yil yanvarida Vardi 40 yoshga to'ladi, lekin u karerasini tugatishni rejalashtirmayapti.




