Madriddagi «Real» markaziy himoyachisi Raul Asensio yangi bosh murabbiy Jose Mourinyoning rejalari bilan mos kelmayapti.
Portugaliyalik murabbiy 23 yoshli futbolchiga shaxsan murojaat qilib, unga umid qilmasligini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda jurnalist Alberto Pereyro. Ispan futbolchisi klubni tark etishni xohlamadi, lekin, ehtimol, yozgi transfer oynasi yopilishidan oldin ketishga majbur bo'ladi.
O'tgan yilning iyunida Raul Asensio «Real» bilan 2031 yilgacha mo'ljallangan yangi shartnoma imzoladi. Transfer narxi Transfermarkt baholashiga ko'ra 20 million evro, unga «Galatasaray» va «Latsio» qiziqish bildirmoqda.




