«Atletik» himoyachisi Emerik Laport «Barselona»da faoliyatini davom ettirishi mumkin.

Diario SPORT ma'lumotlariga ko'ra, katalon klub futbolchining atrofidagi odamlar bilan aloqaga chiqdi. Ushbu hafta muzokaralarning yangi bosqichi bo'lib o'tdi. Himoyachi «ko'k-qizil» jamoaga o'tish variantiga ijobiy munosabatda.

Emerik Laport 2025 yilda «Al-Nasr»dan «Atletik»ka o'n million evro evaziga o'tdi. Uning shartnomasi 2028 yil 30 iyungacha davom etadi. 2025/26 mavsumida himoyachi Bilbao jamoasi safida barcha musobaqalarda 30 ta o'yin o'tkazib, ikki golli uzatma berdi.