«Barselona» prezidenti Joan Laporta «Atletiko»ning bosh direktori Miguel Angel Hilya Marina tomonidan Xulian Alvares haqida aytilgan so'zlarga izoh berdi.

«Matraschilar» vakili aniq ma'lum qildiki, argentinalik hujumchi bu yozda hech qanday sharoitda «Barselona»ga o'tmaydi.

«Hilya Marina so'zlari? Men har bir fikrni hurmat qilaman, lekin men faqat bitta narsani bilaman – biz taklif berdik va bu taklif hali ham amal qiladi. Bir payt kelganda, biz uning qanchalik davom etishini hal qilishimiz kerak. Iyul oxirigacha? Ha, menimcha, shunday bo'ladi», – deya Tot costa Laportaning reaksiyasini keltiradi.

Olingan ma'lumotlarga ko'ra, «Barselona» Xulian Alvares uchun taxminan 100 million evro taklif qilgan.