«Deportivo» klubi o'zining rasmiy saytida hujumchi Pyer-Emerik Obameyangning jamoaga o'tgani haqida e'lon qildi. Gabonlik futbolchi La-Korunya klubiga 2028 yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan ikki yillik shartnoma imzoladi.

Obameyang o'zining futbol karerasida bir qator klublarda o'ynagan. Pyer-Emerik eng ko'p o'yin o'tkazgan klublar Dortmundning «Borussiya»si va Londondagi «Arsenal»dir. Hozirda Obameyang 37 yoshda.

«Deportivo» o'tgan mavsum natijalariga ko'ra Ispaniya futbolining yuqori divizioniga qaytdi. La Ligadagi birinchi turda jamoa «Elche»ni qabul qiladi. O'yin 17-avgust, dushanba kuni bo'lib o'tadi.