So'nggi «el klasiko»da «Real» «Barselona»ni 2:1 hisobida mag'lub etdi. O'yindan so'ng äLa Liga» politsiyaga noqulay hodisa haqida shikoyat qildi. Madriddagi jamoa o'yinchilari ikkinchi golni nishonlayotganda, kataloniyalik fanatlardan biri Eduardo Kamavinga'ni bayroq tutqichi bilan urdi. Qoidabuzar bir necha marta Kamavinga va uning atrofidagilarga zarba berdi.

AS xabariga ko'ra, politsiya «Barselona»ning yordamida qoidabuzarning shaxsini aniqladi. Ushbu shaxsga nisbatan ma'muriy ish qo'zg'atilgan. Fanatga 3 mingdan 60 ming evrogacha jiddiy jarima solinishi mumkin. Shuningdek, qoidabuzarga 2 dan 5 yilgacha sport tadbirlariga qatnashishni taqiqlashlari mumkin.