Markaziy himoyachi «Atletik» Bilbao va Ispaniya terma jamoasi o'yinchisi Emerik Laport Madridning «Real» klubiga o'tishga tayyor.

32 yoshli o'yinchi «qirolicha» klubga o'z xizmatlarini taklif qilgan, deb xabar bermoqda jurnalist Miguel Serrano. «Atletik» tajribali markaziy himoyachi uchun taxminan 25 million evro talab qiladi, ammo «Real» hozirda bunday bitimni ko'rib chiqmayapti.

Oldinroq Emerik Laportga boshqa La Liga gigantlaridan biri – «Barselona»ning qiziqishi haqida ma'lumotlar paydo bo'lgan edi. 19 iyul kuni futbolchi Ispaniya terma jamoasi safida jahon chempioni bo'lishi mumkin – finalda Argentina terma jamoasiga qarshi o'ynashi kerak.