La Liga matbuot xizmati oktyabr oyining eng yaxshi o'yinchisi unvoniga da'vogarlarni e'lon qildi.

Ushbu mukofot uchun Kilian Mbappe (Real Madrid), Lamin Yamal (Barselona), Alejandro Grimaldo (Atletiko), Gonsalu Gedesh (Real Sositad) va Matias Dituro (Elche) raqobatlashadi.

Oktyabr oyida Mbappe uchta o'yinda to'rt gol urdi. Yamal esa uchta o'yinda bir gol urdi va ikki assist berdi. Grimaldo uchta o'yinda bir gol va bir assist bilan ajralib turdi. Gedesh ikki gol urdi va bir assist berdi. Dituro esa uchta o'yinda darvozasi «quruq» qoldi.

Shuni eslatib o'tamiz, sentyabr oyining eng yaxshi o'yinchisi La Ligada Barselona futbolchisi Rafinya bo'ldi.