«Barselona» prezidenti Joan Laporta Madridning «Atletiko» jamoasi hujumchisi Xulian Alvaresning mumkin bo‘lgan transferi haqida izoh berdi.

«Biz Xulian uchun taklif yubordik – «Atletiko» qaror qabul qilishi kerak. Bu juda yaxshi taklif, lekin bu abadiy amal qilmaydi. Flik va Deku Alvaresni bizning jamoamizda ko‘rishni xohlashadi, lekin agar «Atletiko» rozi bo‘lmasa, biz alternativ variantlar ustida ishlaymiz.

Bizning «reja B» nima? Alternativalar mavjud. Deku bitta variant bilan cheklanmaydi – zarurat tug‘ilganda eng mosini tanlaydi», – deydi jurnalist Fabrizio Romano Laportaning so‘zlarini keltirib.

Avvalroq 26 yoshli hujumchi «matraschilar» safidan chiqishni xohlayotganini omma oldida e’lon qilgan edi.