Viniisius Junyorning «Real»dagi kelajagi savol ostida qolmoqda.

Jurnalist Mario Korteqana ma'lumotlariga ko'ra, braziliyalik futbolchi va Madrid klubi o'rtasida yangi shartnoma bo'yicha hali kelishuvga erishilmagan. Tomonlar o'rtasida moliyaviy jihatdan jiddiy kelishmovchiliklar mavjud.

Viniisius Junyor 2018 yilda «Flamengo»dan «Real»ga 45 million evro evaziga o'tgan. Uning «slivoqchilar» bilan shartnomasi 2027 yil 30 iyungacha davom etadi. 2025/26 yilgi mavsumda hujumchi Madrid klubida barcha musobaqalarda 53 o'yin o'tkazib, 22 gol urdi va 14 golli uzatma berdi. Transfermarkt portali Viniisiusning qiymatini 140 million evroga baholamoqda.