«Barselona» rahbariyati Karlo Anchelottining jamoa hujumchisi Rafinya Diasni Braziliya terma jamoasiga chaqirganidan juda hayratda qoldi. Bu haqda The Touchline xabar bermoqda.

Aslida, braziliyalik qanot o'yinchisi faqatgina avvalgi xalqaro tanaffusda terma jamoa safida olgan jarohatidan keyin o'z shaklini tiklay boshlagan edi. «Barselona» rahbariyati endi Rafinyaning yana milliy jamoaga do'stlik o'yinlariga borishidan xavotirda.

Noyabr oyida Karlo Anchelotti boshqaruvidagi jamoa ikki nazorat o'yinini o'tkazadi. Braziliya terma jamoasi raqiblariga Yaponiya (14 noyabr) va Singapur (17 noyabr) terma jamoalari kiradi.