Hujumchi Pyer-Emerik Obameyang yozda «Marsel»dan ketishi mumkin.
Jurnalist Sebastyan Denisning ma'lumotlariga ko'ra, forvard fransuz klubidan ketishga tayyor. Gabonlik o'yinchi «Deportivo»ga qo'shilmoqchi - klub sakkiz yildan so'ng La Ligaga chiqdi va yangi mavsumda ishtirok etadi. Transfer summasi taxminan bir yarim million evro atrofida bo'lishi kutilmoqda.
Pyer-Emerik Obameyang 2025 yilda «Al-Qadisiya»dan «Marsel»ga erkin agent sifatida o'tdi. Uning «provensal»lar bilan shartnomasi 2027 yil 30 iyungacha amal qiladi. 2025/26 mavsumida hujumchi barcha musobaqalarda 41 o'yin o'ynab, 14 gol urdi va 10 golli uzatma berdi.




