«Barselona» yarim himoyachisi Mark Kasado klubdan ketish shartlarini aytib o‘tdi. 22 yoshli futbolchi qolishni xohlayotganini tan oldi, lekin agar ochiqchasiga chiqishni aytsalar, sotilishiga to‘sqinlik qilmaydi.
«Agar «Barselona»da menga ketishim yaxshiroq deb hisoblasalar, shunday bo‘lsin. Men har doim jamoaga, klubga yordam berishni xohlaganman. Bu men xohlayotgan yagona narsa – qo‘limdan kelganicha hamma narsani qilish. Agar meni ketishga majbur qilsalar – men ketaman», – deydi Kasado Barca Universal saytiga bergan intervyusida.
Yarim himoyachining «ko‘k-qizil» jamoasi bilan mehnat shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portaliga ko‘ra, ispanning bozor qiymati 18 million evro deb baholanmoqda.




