Qayd etilishicha, Viniysiush Junyorning Madridning «Real» klubi bilan shartnoma bo'yicha muzokaralarida yangi talablar ma'lum bo'ldi.
26 yoshli futbolchining yangi shartnoma shartlari «Real»da so'nggi ikki mavsum davomida bahs-munozaralarga sabab bo'ldi, chunki uning hozirgi kelishuvi kelasi yozda tugaydi.
Ma'lumotlarga ko'ra, Viniysiush klub bilan yangi shartnoma bo'yicha muzokaralarni davom ettirishni rejalashtirmoqda, ammo, ko'rinishidan, tomonlar o'rtasida kelishuvga erishish uchun hali uzoq yo'l bor.
OKDIARIO ma'lumotlariga ko'ra, Viniysiush yiliga taxminan 20 million evro netto maosh olishni kutmoqda. Bu uni Kilyan Mbappe va Jud Bellingem kabi futbolchilar bilan bir qatorda qo'yadi, lekin klub bunday kelishni tasdiqlashga jur'at etmayapti.




