«Barselona» rahbari Joan Laporta hujumchi Ferran Torresning «PSJ»ga o‘tishi mumkinligi haqida fikr bildirdi.

Ko‘plab mish-mishlarga ko‘ra, parijliklar 26 yoshli futbolchini jiddiy ravishda o‘z saflarida ko‘rishni xohlaydilar, u esa Luis Enrike boshqaruvidagi jamoada o‘z kuchini sinab ko‘rishga tayyor.

«PSJ» va Torres? Biz bu ma'lumotni tasdiqlay olmaymiz. Ferran «Barselona» o‘yinchisi bo‘lib qolmoqda va u Ispaniya terma jamoasi safida jahon chempionatida ajoyib o‘yin ko‘rsatmoqda», – deydi jurnalist Fabrizio Romano Laportaning so‘zlarini keltirib.

O‘tgan mavsumda Ferran Torres «ko‘k-qizillar» safida 49 o‘yinda 21 gol urib, 3 golli pas berdi.