Madriddagi «Real»ning bosh murabbiyi Joze Mourinyo yarim himoyachi Tyaqo Pitarchni amaliyotda ko'rmoqchi.

18 yoshli futbolchiga asosiy tarkibda doimiy o'rin olish qiyin bo'ladi, ammo portugaliyalik mutaxassis yosh yarim himoyachini hisobdan chiqarmaydi. Diario AS ma'lumotlariga ko'ra, «maxsus» Mourinyo Pitarchni yozgi tayyorgarlik jarayonida ko'rishni xohlaydi.

Ispan futbolchisi ijaraga berish bo'yicha turli variantlarga ega: asosiy da'vogar sifatida La Ligaga qaytgan «Malaga» ko'rsatilmoqda, ammo o'yinchi Chempionlar ligasida o'ynashni xohlaydi.

Tyaqo Pitarch «oq-qora»lar safida jami 16 ta o'yin o'tkazib, ikki golli uzatma bilan ajralib turdi.