Li Kan-I Madridning «Atletiko» jamoasiga qo'shiladi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda insayder Fabrizio Romano ma'lum qildi.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, barcha tomonlar o'rtasida og'zaki kelishuvga erishilgan, endi bitimni yakunlash uchun rasmiy jarayonlar qolmoqda.
Tomonlar «PSJ» bilan transfer bo'yicha to'liq kelishuvga erishdilar. Transfer summasi taxminan 40 million evro bo'ladi. 22 yoshli yarim himoyachi bilan shaxsiy shartlar bir necha oy oldin kelishilgan edi.
O'tgan mavsumda Li Kan-I klub darajasida 39 ta o'yinda qatnashdi, 4 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma berdi. O'yinchi Janubiy Koreya terma jamoasining joriy jahon chempionatidagi ro'yxatiga kiritilgan.




