«Barselona» hujumchisi Rafinya Dias bu mavsumda bunday natijalarga erishishini o'zi kutmaganini tan oldi.
- Men hayronman. Bu paytgacha shuncha gol urishimni o'ylamagan edim. Har doim maksimal darajada o'zimni ko'rsatishga va imkon qadar tezroq moslashishga harakat qilaman. Men markaziy hujumchi pozitsiyasida o'ynaganimda gol urishim mumkinligini bilardim, chunki darvozaga yaqin bo'lganda bu osonroq. Men bundan ham ko'proq natijalarga erishishim mumkin, - deya Rafinyani iqtibos keltiradi Marca.
Ushbu mavsumda La Ligada braziliyalik futbolchi 10 ta o'yinda ishtirok etib, 15 ta gol urdi va uchta golli uzatma berdi.
