Hujumchi Rafinya Dias «Barselona»ning jamoasi haqida, «PSJ»ga qarshi Chempionlar ligasi va «Real»ga qarshi La Ligada bo'lgan mag'lubiyatlardan keyin qanday kayfiyatda ekanligini ma'lum qildi.

- Jamoa yaxshi holatda va o'zini ajoyib his qilmoqda. «PSJ» va «Real»dan olingan mag'lubiyatlarni qabul qilish qiyin, lekin men allaqachon aytganimdek, bu hech narsani o'zgartirmaydi. Mening shaxsiy maqsadim - albatta, Chempionlar ligasini yutish, lekin biz kurashayotgan uchta boshqa trofeyni ham yutishdir, - deydi braziliyalik futbolchi Marca nashriga.

«Barselona» umumiy bosqichda Chempionlar ligasida to'rt o'yinda uchta g'alaba qozonib, bitta mag'lubiyatga uchradi. Kataloniyaliklar to'qqiz ochko bilan jadvalda beshinchi o'rinda turibdi.