Hujumchi Rafinha Dias «Barselona»dagi raqobat haqida Lamine Yamal bilan individual mukofotlar uchun fikr bildirdi.
- Biz buni Lamine bilan raqobat sifatida qabul qilmasligimiz kerak. Biz uchun bu raqobat emas. Men har doim uning statistikasi eng yaxshi bo'lishini va kariyerasida barcha narsaga erishishini xohlayman. Agar siz undan so'rasangiz, u ham xuddi shunday deydi. Agar u o'nta «Zolotoy myach» yutsa, men juda xursand bo'lar edim. U buni allaqachon qilayotganligi va yana qiladiganligi uchun haqiqatan ham bunga loyiq, - deydi futbolchi Marca orqali.
Rafinha 5 noyabrda «Barselona» bilan 2030 yilgacha shartnoma uzaytirdi. U Kataloniyaliklar safida 2022 yildan beri o'ynaydi.
