«Barselona» yangi mavsum uchun darvozabonlar chizig'ini shakllantirishda davom etmoqda. Asosiy darvozabon sifatida Joan Garcia ko'zda tutilmoqda, zaxira sifatida esa Voytsek Shchensni tayinlanadi, ammo uchinchi darvozabon pozitsiyasi hozircha savollar tug'dirmoqda.
Mundo Deportivo ma'lumotlariga ko'ra, Diego Kocheni ketishi, Inyaki Penyaning «Panatinaikos»ga o'tishi va bir qator yosh darvozabonlar bilan shartnomalarning tugashi sababli, klub akademiyadan ikkita asosiy nomzodni ko'rib chiqmoqda.
Bu 18 yoshli Iker Rodriguez va 19 yoshli Eder Allere haqida. Birinchisi «La Masia» tizimidagi eng istiqbolli o'yinchilardan biri hisoblanadi, ikkinchisi esa allaqachon asosiy jamoa bilan muntazam ravishda mashg'ulotlarga jalb qilinib, o'yinlar uchun ro'yxatlarga kiritilgan. Yakuniy qaror mavsum oldi tayyorgarlik jarayonida qabul qilinadi.




