«Barselona» rahbariyati erishilgan yutuqlar bilan to'xtamoqchi emas. MundoDeportivo ma'lumotlariga ko'ra, hujumchi Rafinya Dias bilan shartnoma uzaytirilgandan so'ng, «ko'k-qizillar» yaqin kunlarda yana bir nechta futbolchilar bilan shartnoma yangilashni rejalashtirmoqda.
Manbaga ko'ra, klub Mark Bernal, Brian Farinhas va Jera Martin bilan muzokaralarning oxirgi bosqichida. Ta'kidlanishicha, dastlabki ikkita futbolchi shartnomalarini 2031 yilgacha uzaytiradi.
11 turdan so'ng «Barselona» Ispaniya chempionatining turnir jadvalida 30 ochko to'plab, yetakchilik qilmoqda. 8-noyabr kuni Flick boshqaruvidagi jamoa 12-turda «Atletiko»ga qarshi safarda o'ynaydi.
