«Real» o‘z tarkibida hujumchi Viniyius Junyorni saqlab qolishni maqsad qilmoqda.

Marca ma'lumotlariga ko‘ra, Madrid klubi braziliyalik futbolchi bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralarni jahon chempionati tugagach davom ettiradi. Garchi futbolchi va «suvli» jamoa bir necha bor hamkorlikni davom ettirish istagini bildirgan bo‘lsa-da, aslida muzokaralar o'tgan yil davomida to‘xtab qolgan.

Viniyius Junyor 2018 yilda «Flamengo»dan «Real»ga 45 million evro evaziga o‘tgan. Uning Madrid klubi bilan shartnomasi 2027 yil 30 iyungacha amal qiladi. 2025/26 mavsumida hujumchi «suvli» jamoada barcha musobaqalarda 53 o‘yinda 22 gol urdi va 14 assist berdi.