«Barselona»ning darvozaboni Joan Garcia Mark-Andre ter Shtegenning jamoadan ketishi haqida o‘z fikrini bildirdi. Kutilmoqda, futbolchi yaqin vaqt ichida «Ayaks»ga o‘tishi mumkin.
«Men ter Shtegenning holati qanday ekanligini bilmayman. Agar barcha tomonlar ketish eng yaxshi qaror deb hisoblasalar, umid qilamanki, bu Mark uchun eng yaxshi bo‘ladi. Ikki qiyin mavsumdan so‘ng, uning uchun eng muhim narsa to‘g‘ri tanlov qilishdir», — deya Garcia so‘zlarini keltirmoqda Barca Universal.
O‘tgan mavsumning ikkinchi yarmini ter Shtegen «Jirona»da ijarada o‘tkazdi. 34 yoshli darvozabon faqat ikkita o‘yinda maydonga tushdi, so‘ngra og‘ir jarohat oldi.
Shuni ta'kidlash joizki, nemis futbolchisining «Barselona» bilan shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan.




