Himoyachi Alejandro Grimaldo Madridning «Atletiko» klubida o'z faoliyatini davom ettiradi.

Ispaniya klubi o'z sahifalarida futbolchini Leverkuzenning «Bayer» klubidan transfer qilgani haqida e'lon qildi. 30 yoshli futbolchining «Atletiko» bilan shartnomasi 2030 yil 30 iyungacha mo'ljallangan.

Grimaldo 2023 yil yozidan beri «Bayer» safida o'ynadi. U nemis jamoasi bilan 145 ta o'yin o'tkazib, 30 ta gol urdi va 45 ta golli uzatma berdi. Leverkuzen jamoasida ispan futbolchisi Bundesliga, Kubok va Germaniya Superkubogini qo'lga kiritdi.

Hozirda Grimaldo Ispaniya terma jamoasi safida bo'lib, 2026 yilgi Jahon chempionatida qatnashmoqda.