Yarim himoyachi «Barselona» Marko Kasado kelajagi haqida yangi ma'lumotlar paydo bo'ldi.
Jurnalist Janluidji Longari ma'lumotlariga ko'ra, Kasadoni vakili Jorje Mendes futbolchining transferi ustida faol ish olib bormoqda. «Milan» bu jarayonda ko'rib chiqilayotgan klublardan biri, ammo bu yagona variant emas. Shuningdek, agent Kasadoni «Beshiktosh»ga va Saudiya Arabistoni klubiga o'tishi haqida ham muhokama qilgan.
O'tgan mavsumda 22 yoshli Kasado barcha musobaqalarda 34 marta maydonga tushib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Kasadoning «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning o'rtalarigacha davom etadi. Transfermarkt mutaxassislari futbolchini 18 million evro deb baholamoqda.




