Madriddagi «Real» prezidenti Florentino Peres klubning global muxlislar jamiyatini doimiy daromad manbaiga aylantirishga yordam beradigan texnologik hamkor izlamoqda. Bu haqda Vozpópuli xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, buni amalga oshirish uchun alohida qaram kompaniya tashkil etilishi rejalashtirilmoqda. Yangi hamkor raqamli platformani rivojlantirish uchun texnologiyalar va tajribani taqdim etishi kerak, bu orqali muxlislarga pullik obunalar, eksklyuziv kontent, chiptalar, brend mahsulotlari va «Santyago Bernabeu»da o'tkaziladigan eksklyuziv tadbirlar taklif etiladi.
Shuni ta'kidlash kerakki, loyiha Peresning klubning tijorat aktivlarini rivojlantirish va yangi daromad manbalarini jalb qilish bo'yicha kengroq strategiyasining bir qismidir.




