Fransuz yarimhimoyachisi «Real» Orelyen Tchuameni yangi bosh murabbiy Joze Mourinyo rejalarida asosiy o'yinchi emas. Bu haqda taniqli insayder Nikolo Skira xabar berdi.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, klub 26 yoshli futbolchini yozgi transfer oynasida sotish imkoniyatini inkor etmayapti. Avvalroq, yarimhimoyachiga «Manchester Yunayted» qiziqishi borligi haqida ma'lumotlar paydo bo'lgan edi.
O'tgan klub mavsumida Tchuameni barcha musobaqalarda 49 o'yin o'tkazib, ikki gol urdi va ikki golli uzatma berdi.
Transfermarkt portalining mutaxassislari fransuzning narxini 70 million evro deb baholamoqda.




