Hujumchi yarimhimoyachi «Pari Sen-Jermen» Li Kan-In Madridning «Atletiko» klubiga o'tishga yaqin turibdi.

Paryajlar va «matraschilar» transfer shartlari bo'yicha kelishuvga juda yaqin, deb xabar beradi insayder Fabrizio Romano. 25 yoshli futbolchi allaqachon Ispaniya klubi bilan shartnoma tuzgan.

Li Kan-In avvalroq La Ligada o'ynagan: Frantsiyaga ko'chmasdan oldin u «Valensiya» va «Mallorka» jamoalarida to'p surgan. O'tgan mavsumda janubiy koreyalik futbolchi Luis Enrike jamoasi safida barcha musobaqalarda 39 o'yin o'tkazib, to'rt gol urdi va beshta golli uzatma berdi. Transfermarkt portalida ushbu universal yarimhimoyachining narxi 28 million evroga baholangan.