«Barselona» jamoasining yarim himoyachisi Fermin Lopes o‘zining jamoadagi roli haqida jurnalistlar bilan suhbatlashdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
22 yoshli futbolchi seshanba kuni Chempionlar Ligasi doirasida «Olimpiakos»ga qarshi o‘tkazilgan o‘yinda uchta gol urib, het-trik muallifi bo‘ldi. Ispaniyalik futbolchi har doim asosiy tarkibda maydonga tushavermaydi, ammo ushbu mavsumda raqib darvozasiga besh bor zarba berishga muvaffaq bo‘ldi.
Lopes o‘zini «Barselona» uchun muhim deb hisoblashini so‘ralganda, u shunday javob berdi: “Men faqat qo‘limdan kelgan barcha ishni qilaman. Asosiy tarkibda maydonga tushishim yoki tushmasligim muhim emas, mening maqsadim – jamoaga yordam berish va murabbiy topshirig‘ini bajarish.
Men har kuni o‘rganaman va doimiy ravishda o‘z ustimda ishlayman.” Eslatib o‘tamiz, yoz oxirida Fermin Lopes Londonning «Chelsi» klubiga o‘tishni rad etgan edi.