Madridning “Atletiko” jamoasi yarim himoyachisi Koke Chempionlar ligasida Londonning “Arsenal” jamoasiga 0:4 hisobida mag‘lub bo‘lgandan so‘ng ommaviy axborot vositalari vakillarining savollariga javob berdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Uchrashuvning ikkinchi bo‘limida “matraschilar” to‘rt marta gol o‘tkazib yubordi. Dieqo Simeone boshliq jamoa joriy mavsumda hanuzgacha mehmondagi o‘yinlarda g‘alaba qozona olmadi.
Koke ta’kidlashicha, mehmondagi o‘yinlarda ularga eng ko‘p g‘alaba yetishmayapti. Bugungi o‘yinda barcha kuchlarini sarflashgan bo‘lsa-da, ayrim detallarning ishlamasligi natijaga salbiy ta’sir ko‘rsatdi.
U o‘ziga ishonch yetishmasligi yoki omad masalasi bo‘lishi mumkinligini aytdi. Birinchi gol urilishidan oldin jamoa yaxshi o‘ynaganini ta’kidladi va bu kun ular uchun juda qiyin kechganini bildirdi.
27 oktabr kuni “Atletiko” Ispaniya chempionatida “Betis” jamoasiga qarshi yana bir mehmondagi o‘yin o‘tkazadi.