«Barselona» va Niderlandiya terma jamoasi yarim himoyachisi Frenki de Yong o'z o'yiniga berilayotgan baholar haqida fikr bildirdi.

«Ba'zilar meni past baholaydi, ba'zilar esa yo'q. Bu savolga javob berish, kimdan so'rashga bog'liq. Kamdan-kam odam o'yinni to'liq – 90 daqiqa davomida tomosha qiladi. Biroq, butun o'yinni tomosha qiladiganlar ham bor, lekin futbolni tushunmaydilar. Ular foydali uzatmalarni tushunmaydi, faqat gol va golli uzatmalarga e'tibor berishadi. Agar menga diqqat bilan qarasangiz, yaxshi o'yinchi ekanimni tushunishingiz mumkin», - deydi de Yong, The Touchline nashriga asoslanib.

Frenki de Yong 2026/2027 yilgi mavsumda «Barselona» uchun to'rtta o'yinda qatnashdi. Niderlandiyalik o'yinchi mavsumning boshlanishini jarohati sababli o'tkazib yubordi.