«Barselona» hujumchisi Rafinya Dias o'zining jismoniy holati va Karlo Anchelotti bilan bo'lgan muloqoti haqida ma'lumot berdi.
- Anchelotti murabbiy sifatida o'yin vaqtini taqsimlash kerakligini tushunadi. U yuklamalarni boshqarishni biladi. Biz suhbatlashdik, u men jarohatdan tiklanayotganimni biladi. O'zimni yaxshi his qilyapman, lekin hali yuz foiz tayyor emasman. «Barselona» muxlislari xavotir olmasin, men o'z sog'lig'imga juda ehtiyotkorlik bilan qarayman, - deb keltiradi Rafinyani Marca.
Sentyabr oxirida Rafinya Avstraliya bilan o'yinda mushak jarohatini oldi va terma jamoa safidan muddatidan oldin chiqib ketdi. Noyabr oyi yig'iniga futbolchi yana chaqirildi.
