«Barselona» va Angliya terma jamoasining qanot hujumchisi Entoni Gordon ijtimoiy tarmoqlar rivojlanishining salbiy oqibatlari haqida fikr bildirdi.

«Sine-granatoviylar» vingerining aytishicha, ijtimoiy tarmoqlar juda ko'p vaqtni oladi, bu vaqtni esa muhimroq narsalarga sarflash kerak.

«Ijtimoiy tarmoqlar paydo bo'lganidan beri, dunyo yanada yomonlashgan kabi. Eng muhim narsa – bu sening uying, yaqinlaring. Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanganda o'zimni aybdor va baxtsiz his qilaman», - dedi Gordon Sport.es bilan bo'lgan intervyusida.

Hozirgi mavsumda «Barselona» hujumchisi barcha musobaqalarda 11 uchrashuvda ishtirok etdi. 24 yoshli futbolchining hisobida ikki gol va beshta assist mavjud.