Madridning Real jamoasi murabbiyi Jozef Mourinyo Ispaniya chempionatining 10-turida Barselonaga qarshi bo'ladigan safar o'yinidan oldin jurnalistlar bilan muloqot qildi. Savollardan biri portugaliyalik murabbiyning soqoli haqida bo'ldi.
– Siz bir oy davomida soqol qoldirdingiz, va bu vaqt ichida Real barcha o'yinlarni yutdi. Bu taqvodorlikmi?
– Yo'q, men umuman taqvodor emasman. Men soqolim bilan yomon ko'rinamanmi? Uni olib tashlashim kerakmi? Men futbol olamida taqvodor bo'lmaganlardan biriman.
«El Clasico» 25-oktabr, yakshanba kuni Kataloniya klubining uy stadionida bo'lib o'tadi. O'yin Moskva vaqti bilan 23:00da boshlanadi.
