O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Kataloniya «Barselona»sining sobiq himoyachisi Jordi Alba kelgusi «El Klasiko» o‘yini uchun prognozini bildirdi. U o‘yinda «Barselona» «Real»ni 4:1 hisobida yengishini kutmoqda.

«Barselona»ning o‘yini qanday ekanligini ko‘rib, men, rostdan ham, juda tinchman. Ular «Real»ni 4:1 hisobida yengishadi», - deydi Alba ASga bergan intervyusida.

«El Klasiko» o‘yini «Barselona»ning uy stadionida - «Kamp Nou»da 25-oktabr, yakshanba kuni bo‘lib o‘tadi.

Ispaniya chempionatining to‘qqiz turidan so‘ng, Hans-Diter Flik boshqaruvidagi jamoa turnir jadvalida birinchi o‘rinda, «qirollik» klubi esa uchinchi o‘rinda joylashgan.

Fermin «El Klasiko»dan olib tashlaydigan ikki «Real» yulduzini aytib o‘tdi