«Barselona»ning bosh murabbiyi Hans-Diter Flik «Xetafe» ustidan 3:0 hisobida qozonilgan g‘alaba haqida fikr bildirdi. Ushbu uchrashuv Ispaniya chempionatining sakkizinchi turida o‘tkazildi.

«Bugun birinchi golni tezda urish juda muhim edi. Bu bizga ishonch berdi, chunki milliy jamoalar o‘yinlari orasida o‘ynash qiyin bo‘ladi. Ammo biz yaxshi o‘ynadik, garchi «Xetafe» juda yaxshi himoyalanayotgan bo‘lsa. Bu La Ligadagi eng yaxshi himoya qiluvchi jamoalardan biri. Biz ham himoyada yaxshi o‘ynadik. O‘yinni nazorat qila oldik», - deya Flikning so‘zlarini keltiradi Marca.

«Barselona» 24 ochko bilan Ispaniya chempionatida yakka o‘zi yetakchilik qilmoqda. «Xetafe» esa 8 ochko bilan o‘ntinchi o‘rinda turibdi.