«Barselona»ning bosh murabbiyi Hans-Diter Flik «Xetafe»ga qarshi (3:0) o'yindagi Lamine Yamalning o'yinini baholadi.
19 yoshli qanot o'yinchisi «ko'k-qizil»larga chempionatda yana bir g'alaba qozonishda yordam berdi va bir assist bilan ajralib turdi.
– Yamal Ispaniya terma jamoasining barcha o'yinlarida maydonga tushdi. U kelgusi o'yinlarda dam oladimi, qiyin jadvalni hisobga olsak?
– Bugun u barcha kuchini sarfladi, deb o'ylamayman – yoki shuni qilishga to'g'ri kelmadi. Ayniqsa, birinchi bo'limda – unga juda oson bo'ldi. Men Yamaldan o'zini almashtirish kerakmi, deb so'radim, u esa «yo'q» deb javob berdi. Bu Lamine ruhida. U o'ynashni juda yaxshi ko'radi, har doim maydonda qolishni xohlaydi. Ba'zan yuklamani nazorat qilishimiz kerak, lekin uning ishga bo'lgan munosabatidan mamnunman, – dedi Flik matbuot anjumanida.
Lamin Yamal joriy mavsumda to'qqiz uchrashuvda sakkiz gol va yetti assist yozdirib qo'ydi.
