«Barselona» himoyachisi Jul Kunde La Liga doirasidagi «Xetafe»ga qarshi o'yindan so'ng jurnalistlar bilan suhbatlashdi. O'yin 3:0 hisobida «Barselona»ning g'alabasi bilan yakunlandi.
27 yoshli fransuz 73-daqiqada gol urib, hisobni ochdi.
«O'zimni juda yaxshi his qilyapman – jismonan ham, ruhiy jihatdan ham. O'yindan zavqlanyapmiz. Xalqaro tanaffusdan keyin birinchi o'yinda yaxshi o'ynash va g'alaba qozonish muhim edi. Hamma turli holatda qaytishdi, lekin biz avvalgi kabi yaxshi o'ynadik.
Statistika o'zini oqlaydi – biz ajoyib ishlarni amalga oshiryapmiz. Bu hamma uchun amal qiladi. Biz yana ko'p gol urish va g'alaba qozonishni xohlaymiz», – deydi Kundening fikrlarini keltiradi Barca Universal.
«Barselona» chempionatni 24 ochko bilan, 24 imkoniyatdan 24 ochko to'plab, boshqarib bormoqda.
