Ispaniyalik murabbiy Kike Setyen «Barselona»dagi qisqa muddatli faoliyatini esladi. Murabbiy 2020 yilning boshida orzu qilgan ishini oldi, lekin avgust oyida Bavariyaga qarshi 2:8 hisobida mag'lubiyatdan so'ng ishdan bo'shatildi.

«Barselonaga tayinlanish men uchun ajoyib voqea edi, lekin, afsuski, o'zimni qulay his qilmadim. O'sha davrga oid suratlarga qaraganda, o'zimni tanimayman.

Albatta, klubga qo'shilganimdan afsuslanmayman, lekin bu oson bo'lmadi – men bu tajribadan shunday foydalanolmadim», – deydi Setyenning fikrlarini Barca Universal yetkazmoqda.

Hozirda 68 yoshli mutaxassis murabbiylik faoliyatini olib bormayapti.